Qozog‘istonliklar To‘qayevga qanchalik ishonadi?
Qozog‘iston bo‘ylab 18 yosh va undan katta yoshdagi 6 ming respondent o‘rtasida tadqiqot o‘tkazildi.

Qozog‘istonliklarning 83 foizdan ortig‘i Davlat rahbariga ishonadi. Buni 9-28 iyun kunlari Qalaisyn.kz platformasida o‘tkazilgan so‘rov maʼlumotlari tasdiqlaydi.
Tadqiqot natijalar shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 78 foizdan ortig‘i Prezident faoliyatining bugungi natijalaridan mamnun. 59 foizdan ortig‘i To‘qayev prezidentlik davrida mamlakatdagi vaziyat yaxshilanganiga ishonadi.
Shu tariqa Prezidentga ishonch darajasi ortib bormoqda. Aprel oyidagi so‘rov natijalariga ko‘ra, unga Qozog‘istonda respondentlarning 70 foizdan ortig‘i ishonch bildirgan.







