Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonda uchrashuv o‘tkazmoqda
Prezident Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirilish zarurligini ta’kidladi.

Ayni paytda Shavkat Mirziyoyev Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Bu haqda Prezident mutbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Konstitusiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish muhokamasi hali davom etayotganini inobatga olib hamda Qoraqalpog‘iston aholisi bildirayotgan fikr va mulohazalarni o‘rgangan holda Prezident O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini ta’kidladi.








