O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani aytilmoqda

Kecha, 1-iyul kuni Nukus shahrida ommaviy miting bo‘lib o‘tgandi.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani aytilmoqda

 

Bugun, 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi. Flight Radar servisi prezident samolyotidan tashqari hukumatning yana bir nechta samolyoti Nukusga qarab yo‘lga chiqqanini ko‘rsatmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz,  kecha, 1-iyul kuni Nukus shahrida ommaviy miting bo‘lib o‘tgandi. IIV xabariga ko‘ra, bunga respublikada amalga oshirilayotgan konstitusiyaviy islohotlarni noto‘g‘ri talqin qilinishi sabab bo‘lgan va bir guruh fuqarolar kutilmaganda ko‘cha yurishlarini tashkil qilib, Nukusning Markaziy dehqon bozorida to‘planib, namoyishlar uyushtirishgan.

 

2-iyul kuni Qoraqalpog‘iston parlamenti, hukumati va Ichki ishlar vazirligi qo‘shma bayonot chiqarib, Nukus shahrida bir guruh jinoyatchi shaxslar Qoraqalpog‘iston Respublikasining davlat boshqaruvi organlarini egallashga urinishda ifodalangan g‘ayriqonuniy harakatlarni tashkil etgan.

 

Ular populistik shiorlarni niqob qilib olib, fuqarolarning ongi va ishonchini manipulyasiya qilib, tartibsizliklar tashkilotchilari hokimiyat vakillarining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, respublika fuqarolarini Qoraqalpog‘iston Respublikasining ma’muriy binolari oldidagi maydonga yig‘gan.

 

Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qabul qilingan qat’iy choralar bilan tashabbuskorlarning g‘ayriqonuniy hatti-harakatlari to‘xtatilib, ommaviy tartibsizlik uyushtirishga urinishlar tarqalishiga chek qo‘yilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketgani aytilmoqda | Zamon.uz