Turkmaniston va Turkiya o‘zaro tovar ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazmoqchi
Serdar Berdimuxammedov Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi.

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuxammedov Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oktay bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi. Bu haqda TDH axborot agentligi xabar berdi.
Uchrashuv davomida Berdimuhammedov Turkmaniston industralizatsiyani amalga oshirishi va iqtisodiyotini diversifikatsiya qilishi kerakligini taʼkidlagan. Shu yo‘nalishda u xorijiy hamkorlar, xususan, Turkiya bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini taʼkidlagan.
Oktayning so‘zlariga ko‘ra, Anqara va Ashxobodning asosiy vazifasi o‘zaro savdo aylanmasini 5 milliardga yetkazish va shundan keyin 10 milliardlik marraga harakat qilishdan iborat.
2021 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 1.9 milliard dollarni tashkil etdi.
Turkmaniston xalqaro aviareyslarni tiklagani to‘g‘risida xabar berilgandi.







