0

Abdulla Qurbonov YTHga uchradi

Voqea xonandaning to‘y xizmatiga ketayotgan vaqtida sodir bo‘lgan.

Abdulla Qurbonov YTHga uchradi

 

 

Ijtimoiy tarmoqda xonanda Abdulla Qurbonov 2-iyul kuni  yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu xabarni xonandaning o‘g‘li Muzaffar Qurbonov tasdiqlab, hozirda otasining sog‘ligi yaxshi ekanini ma’lum qildi.

 

“Otangiz yaxshimi deb hamma so‘rayapti. Otam Allohga shukur yaxshilar. To‘y xizmatiga ketayotgan vaqtlari falokat bo‘lib mashinani urib olibdilar. Sog‘liqlari yaxshi. 

 

Lekin, mast holatda bo‘lgan ekan degan gaplar yolg‘on. Bunday yolg‘onlarni tarqatishdan ozgina qo‘rqinglar. Gap tarqatganlar yaxshi ish qilmabsizlar. Rahmat hammangizga”,—deydi xonandaning o‘g‘li.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"