AQSH Osiyoda NATOga o‘xshash tuzilma yaratmoqchi
AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari bu mavzuni muhokama qildi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Janubiy Koreya va Yaponiya ko‘magida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida NATOga o‘xshash harbiy tuzilmani shakllantirish rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur davlatlar uch tomonlama harbiy ittifoqni ushbu rejani amalga oshirish uchun muhim vosita sifatida saqlab qoladi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan NATO sammiti chog‘ida AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreya yetakchilari KXDRga qarshi kurashish bo‘yicha sa’y-harakatlarini birlashtirib, unga qarshi xavfli qo‘shma harbiy chora-tadbirlar, jumladan, uch tomonlama qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni boshlashni muhokama qilishgan.








