O'zbekiston

Birikkan elni hech kim yenga olmaydi—Senat a’zosi

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Nukusdagi voqealarga munosabat bildirib, aholini hamjihat bo‘lishga chaqirdi.

Birikkan elni hech kim yenga olmaydi—Senat a’zosi

 

“Nukus shahrida sodir bo‘lgan norozilik namoyishi nafaqat qoraqalpoq xalqini, balki butun respublikamiz aholisini xavotirga soldi.  

 

Qoraqalpoq xalqi tanti, mehnatkash, yangilikni katta qiziqish bilan qarshi oladigan xalq. Buni men ko‘p yillar Vazirlar Mahkamasining Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish kompleksi mutaxassisi, “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi raisi o‘rinbosari, keyinchalik esa Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlaganimda yaqqol anglaganman. 

 

O‘sha paytlar faoliyatim taqozosi bilan har yili 2-3 bor Qoraqalpog‘istonning turli hududlariga borganman. Onalikni muhofaza qilish, mahalla hayoti, shuningdek, siyosiy-ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirganimizda har bir qoraqalpoq odamlari biz bilan bir safda turib, bu ezgu ishlarni tezroq amalga oshirilishi uchun ko‘maklashgan. 

 

Ayniqsa, Orol fojiasi, u qoldirgan asoratlarning oldini olish, bu yerda bugungi kun, orolbo‘yida yashovchi aholi talablaridan kelib chiqib qanday loyihalar amalga oshirish zarurligi haqidagi istiqbolli loyihalarimizda tashabbuskorlardan bo‘lishgan. 

 

Bugun jamoat xavfsizligini buzishga urinayotgan har qanday shaxslarga qarshi mardona turib, vaziyatni oqillik bilan hal etish kerak, deb o‘ylayman. Bu borada Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston xalqiga murojaatida ta’kidlaganidek, hamjihat bo‘lish, vaziyatga nisbatan oqilona ish ko‘rish, turli g‘arazli chaqiriq va harakatlarga berilmaslik zarur. Muhimi, qoraqalpoq xalqi osoyishtaligi uchun birlashishimiz kerak. Zotan, birikkan elni hech kim, hech qanday kuch yenga olmaydi”,—deydi hokim Gavhar Alimova.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Birikkan elni hech kim yenga olmaydi—Senat a’zosi | Zamon.uz