Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi zaharlangani aytildi
Holatga “O‘zsuvta’minot” AJ munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istonda ichimlik suvi zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. “O‘zsuvta’minot” AJ matbuot kotibi tarqalgan ma’lumotlarga munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, tarqalayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Iste’mol qilinadigan ichimlik suvi zaharlanmagan.
“Mazkur yolgʻon xabarlarga ishonmasliklaringizni soʻraymiz. Ichimlik suvining tarkibi qator mutasaddi tashkilotlar tomonidan nazorat qilinadi. Hozirda foydalanilayotgan ichimlik suvi ichishga yaroqli hisoblanadi”,—deyiladi xabarda.








