Jahon

“Qozog‘iston O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni xavotir bilan qabul qildi”

Qozog‘iston TIV Qoraqalpog‘istondagi namoyishlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Qozog‘iston O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni xavotir bilan qabul qildi”

 

Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan so‘nggi voqealar yuzasidan bayonot berdi, deya xabar qilmoqda “Kazinform” nashri.

 

“O‘zbekiston Qozog‘iston uchun qardosh davlat, ishonchli ittifoqchi va strategik sherik. Shuning uchun Qozog‘iston O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni xavotir bilan qabul qildi. 

 

Biz O‘zbekiston rahbariyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan qarorlarini olqishlaymiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.

 

Gʻoyat muhim siyosiy voqea – Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum arafasida qardosh O‘zbekistonda tinchlik va osoyishtalik qaror topishiga ishonchimiz komil. 

 

Qozog‘iston 1998 yil 31 oktyabrdagi “Abadiy do‘stlik to‘g‘risida”gi shartnoma, 2013 yil 14 iyundagi “Strategik sheriklik to‘g‘risida”gi shartnoma va 2021 yil 6 dekabrdagi “Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida”gi deklaratsiya ruhida O‘zbekiston bilan ko‘p tarmoqli hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ahdida qat’iy”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Qozog‘iston O‘zbekiston Respublikasida sodir bo‘lgan so‘nggi voqealarni xavotir bilan qabul qildi” | Zamon.uz