Shavkat Mirziyoyev Nukusda xalq bilan uchrashdi
Uchrashuvda jeketerakliklar Prezident bilan muloqot qilgan.

Prezident Shavkat Mirziyev Nukus shahriga safari davomida Jeketerak mahallasida bo‘lib, xalq bilan muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadova ma’lum qildi.
Uchrashuvda jeketeraklik yoshullilar kechagi ko‘ngilsiz voqealarda ba’zi yoshlar adashgani va qonunga zid harakatlar sodir etgani, tashqi g‘arazli kuchlar ta’siriga tushib, his-hayajonga berilganini afsus bilan aytgan.
Shuningdek, ular o‘zbeklar va qoraqalpoqlar ikki tilli bir el ekanini, mamlakatlar birligi va tinchligini qadriga yetish kerakligini ta’kidlashgan.








