Shavkat Mirziyoyev yana Nukusga jo‘nab ketdi
Avvalroq Prezident Farmoni bilan Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy qilingandi.

Bugun, 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Pezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi bor Nukusga jo‘nab ketdi. Bu haqda Flightradar24 sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1-iyul kuni Nukus shahrining markaziy ko‘chalarida bir guruh shaxslar norozilik namoyishi o‘tkazishgandi. Bunga O‘zbekiston Konstitutsiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasia oid normalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi bo‘yicha taklif berilgani sabab bo‘lgan.
Davlat rahbari 2 iyul kuni kuni ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston poytaxtida bo‘lib qaytgandi.
U yerda Prezident Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, Qoraqalpog‘iston faxriylari va faollari bilan uchrashuv o‘tkazib, Konstitusiyaning 70, 71, 72, 74, 75-moddalarini amaldagi tahrirda o‘zgarishsiz qoldirish zarurligini aytgan.
Shuningdek, Prezident farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 2022-yil 3-iyul kuni soat 00:01 dan 2022 yil 2 avgust kuni soat 00:00 ga qadar bo‘lgan davrda favqulodda holat joriy etilgan.








