Moravetskiy: Rossiya sanksiyalarga qarshi muvaffaqiyatli qarshilik qilmoqda
Polsha bosh vaziri cheklovlar o‘rta istiqbolda taʼsir ko‘rsatishini aytdi.

Rossiya G‘arb sanksiyalariga qarshi muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. Bu haqda Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy maʼlum qildi.
Unning so‘zlariga ko‘ra, cheklovlarning eng katta muammosi bu ularning o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda taʼsir ko‘rsatishi hisoblanadi.
“Afsuski, natijalar o‘rta istiqbolda ko‘rinadi — bir, ikki, besh yilda. Aksincha, yaqin istiqbolda xomashyo narxining ko‘tarilishi oqibatida Moskva zarar ko‘rmasdan chiqadi. Chunki, u gaz va neftdan katta daromad olmoqda”, – degan bosh vazir.
Siyosatchi buni jiddiy muammo deb atagan, chunki Rossiya o‘z mahsulotlarini boshqa yerlarda ham sotmoqda.
Avvalroq AQSH yana 17 nafar rossiyaliklarga nisbatan sanksiya joriy etgandi.







