Qashqadaryoda 2 ta avtomashina to‘qnashib ketdi
Oqibatda bir kishi shifoxonaga yotqizilgan.

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida 2 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan viloyat IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2022-yil 2-iyul kuni Dehqonobod tumani M-39 Toshkent–Termiz avtomobil yo‘lining 1284-kilometrida haydovichi M. A. boshqaruvida bo‘lgan Neksiya hamda qarama-qarshi yo‘nalishdan harkakatlanib kelayotgan haydovchi X. A. boshqaruvidagi Cobalt o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Oqibatda Neksiya avtomashinasida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro M. A. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB tomonidan tergovga qadar surushtiruv harakatlari olib borilmoqda.








