O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefonlashdi

Emomali Rahmon O‘zbekiston rahbarining Qoraqalpog‘istonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefonlashdi

 

Bugun, 4-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. 

 

Davlat rahbarlari joriy yil iyun oyida Toshkent shahrida o‘tgan oliy darajadagi uchrashuv yakunida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishini ko‘rib chiqdilar.

 

Suhbat avvalida Tojikiston Prezidenti O‘zbekiston rahbarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatladi.

 

Do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Savdo, transport va sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni ilgari surish muhimligi qayd etildi.

 

Toshkent va Dushanbe shaharlari o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgani, Zarafshon daryosida Yavan GESi qurilishi loyihasi bo‘yicha amaliy ishlar boshlangani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi yuzasidan fikr almashildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidenti bilan telefonlashdi | Zamon.uz