Surxondaryoda YPX xodimi tug‘ilgan kunga xizmat mashinasida bordi
Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB izoh berdi.

Ijtimoiy tarmoqda Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rqon tumanida YPX inspektori xizmat mashinasida uyiga borgani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat viloyati IIB JXX YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilib, rasmiy munosabat bildirildi.
Aniqlanishicha, 2022 yilning 18 yanvar kuni doimiy yashash uyidan uzoqda, viloyat markazi Termiz shahrida xizmat faoliyatini olib borayotgan YHXB YPX batal’oni komandirining xizmat bo‘yicha o‘rinbosari farzandining tavallud kuni bo‘lganligi bois o‘ziga biriktirilgan Lasetti rusumli (davlat raqami 75 044 VSF) avtomashinasida bir necha soatga Jarqo‘rg‘on tumanidagi yashash xonadoniga borgan. Vidoyetasvir xonadonga tashrif buyurgan o‘spirinlar tomonidan olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Mazkur holat yuzasidan YHXB boshlig‘i tomonidan xizmat avtomashinasi biriktirilgan xodimlar IIVning tegishli buyruq talablari hamda xizmat avtoulovlaridan foydalanish qoidalariga qat’iy amal qilishlari xususida yig‘ilish o‘tkazilib, shaxsiy tarkibni bu kabi salbiy holatlar kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan ogohlantirildi.








