Fransiyada COVID-19ning 7-to‘lqini hukm surmoqda
Bir kunda mamlakatda 200 mingdan ortiq yangi holat aniqlandi.

Fransiyada bir kunda aniqlangan koronavirus holatlari soni 200 mingdan oshqdi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Fransua Bron ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi haftada mamlakatda infeksiya bilan bog‘liq raqamlar tinimsiz oshib bormoqda.
Bosh vazir Elizabet Born kasallanish ko‘payganligi sababli chegaralardagi sanitariya talonlarini qaytarishni taklif qilgan.
Avvalro, Fransiya ilmiy kengashi may oyining oxirida boshlangan koronavirusning yettinchi to‘lqini iyul oyining oxirida cho‘qqisiga chiqishini ma’lum qilgan edi.








