Nukusdagi mitingga oid “hujjat” topildi
Qoraqalpog‘istondagi voqealar paytida vafot etgan 14 nafar fuqarodan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar taʼsirida bo‘lgani aytilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Nukusning "Gone kala"sida topilgan qog‘oz rasmi avvalroq Milliy gvardiya qo‘mondoni Rustam Djurayev Qoraqalpog‘istondagi voqealar paytida vafot etgan 14 nafar fuqarodan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar taʼsirida bo‘lganligini tasdiqlayotgandek.

Qog‘ozda noqonuniy miting faollariga ro‘yxat bo‘yicha psixotrop moddalar, pul va boshqa vositalar tarqatilgani bo‘yicha maʼlumotlar bor.







