Jahon

"Qimmatga tushgan taktik g‘alaba"

G‘arb tahlilchilari Rossiyaning Lisichanskni egallagani haqida qanday fikrda?

"Qimmatga tushgan taktik g‘alaba"

 

4 iyul kuni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Vladimir Putinga Ukrainaning Lisichansk egallanganini va LXR (Ukraina sharqidagi tan olinmagan va o‘z-o‘zini mustaqil deb eʼlon qilgan tuzilma) to‘liq “ozod qilingan”nini eʼlon qildi. G‘arbning ayrim yetakchi harbiy tahlilchilari bu bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi.

 

Ular Lisichank va Severodoneskning egallanganini shubhasiz, Rossiya armiyasining muvaffaqiyati sifatida baholamoqda, ammo u katta kuch va vositalarni qurbon qilish evaziga qo‘lga kiritilgan g‘alaba ekanini taʼkidlashmoqda.

 

Nil Melvin, Qirollik mudofaa tadqiqotlari birlashgan instituti:

 

“Bu katta qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilgan Rossiyaning taktik g‘alabasi. Bunga erishish uchun 60 kun sarflandi, bu juda sekin. Fikrimcha, ruslar maʼlum g‘alaba haqida gapirishadi, ammo asosiy jang hali oldinda” (Reuters agentligi intervyusi).

 

Rob Li, AQSH tashqi siyosati bo‘yicha tadqiqot instituti yetakchi ilmiy xodimi:

 

“Putin buni muvaffaqiyat sifatida taqdim etishi mumkin. ammo umumiy vaziyat nuqtayi nazaridan bu Ukrainaning yaqin kelajakda taslim bo‘lishi yoki bo‘ysunishini anglatmaydi (Reuters agentligi intervyusi).

 

Maykl Klark, Qirollik mudofaa tadqiqotlari birlashgan instituti sobiq direktori:

 

“RF armiyasi muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa-da, ular ukrainaliklardan ko‘ra ko‘proq energiya sarfladi. Ular bunga juda qimmat to‘lashdi” (Times gazetasiga intervyusidan).

 

Fillips o‘Brayan, Sent-Endryus strategik tadqiqotlar universiteti professori:

 

“Ukrainaliklarning mudofaa harakatlari sababli, ruslar doimiy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujum qilishga majbur bo‘lmoqda, ular oldindan tayyorlangan va yaxshi taʼminlangan himoyachilarga duch kelmoqda. Aynan shu ukrainaliklar uchun zarur”. (O‘z “Twitter” sahifasida yozgan).

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

"Qimmatga tushgan taktik g‘alaba" | Zamon.uz