Termizga Afg‘oniston tarafdan 5 ta snaryad uchirildi
Oqibatda 4 ta xonadonga zarar yetgan.

Bugun, 5 iyul kuni soat 16:20 atrofida O‘zbekiston bilan chegaradosh hududga Afg‘oniston tomonidan uchib kelgani taxmin qilingan beshta snaryad qulagan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishia, snaryadlar tushganda portlashlar sodir bo‘lmagan va qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan to‘rtta xonadonga kichik zarar yetgan, beshinchi snaryad futbol maydonidan topilgan. Topilgan snaryadlar sapyor bo‘linmasi tomonidan zararsizlantirilgan.
“Hozirda O‘zbekistonning vakolatli organlari Afg‘oniston tomoni bilan birgalikda ushbu hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda”,—deyiladi bayonotda.








