Xitoy va AQSH global iqtisodiy vaziyat yuzasidan fikr almashdi
Pekin muloqotni “konstruktiv ruh”da o‘tganini maʼlum qilgan.

Xitoy davlat kengashi aʼzosi Lyu-Xe va AQSH moliya vaziri Janet Yellen makroiqtisodiy vaziyat va global ishlab chiqarish zanjirlari yuzasidan fikr almashdi. Bu haqda Xitoy savdo vazirligi maʼlumot berdi.
Tomonlar videoaloqa orqali 5 iyul kuni muzokara o‘tkazgan. Vazirlikning maʼlum qilishicha, muloqot konstruktiv ruhda o‘tgan.
Har ikki davlat vakillari global iqtisodiyot jiddiy chaqiriqlarga duch kelayotganini, makrosiyosiy kommunikatsiya va koordinatsiyani kuchaytirish zarurligini taʼkidlagan. Vashington va Pekin birgalikda global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlaridagi barqarorlikni qo‘llab-quvvatlashi zarurligi qayd etilgan.
Xitoy o‘z navbatida AQSH tomonidan o‘ziga nisbatan joriy etilgan yuqori boj va tariflar yuzasidan xavotir bildirgan.
Avvalroq Xitoy NATOning yangi konsepsiyasini keskin tanqid qilgandi.







