Farg‘onada tilla sotuvchi ayollar o‘rtasida janjal chiqdi
Janjal oqibatida uch kishi jarohatlangan.

Ijtimoiy tarmoqda Farg‘ona shahrida uch nafar ayol bir nafar ayolni “samosud” qilgani aytilgan videotasvir tarqaldi. Mazkur holat viloyat IIB tomonidan o‘rganib chiqilib, rasmiy munosabat bildirildi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 22 iyun kuni Farg‘ona shahar Bozor yo‘li ko‘chasida tilla savdosi bilan shug‘ullanuvchi Q. S. o‘zaro savdo munosabatlari yuzasidan shu yerda tilla buyumlar sotuvchi tanishi A.G bilan janjallashib ketgan. Janjalga shu yerda bo‘lgan A.G. ning ikki nafar singillari A. R. va G.A. ham aralashib, bir-birlariga yengil tan jarohati yetkazgan.
Sudga oid tibbiy ekspertizaning 6 iyul kungi xulosasida A.X., Q.S. hamda A.R. lar yengil tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatari olib borilmoqda.








