Jahon

Qirg‘iziston kazinolarni qonuniylashtirmoqchi

Yangi qonun loyihasi katta bahslarga sabab bo‘lmoqda

Qirg‘iziston kazinolarni qonuniylashtirmoqchi

 

Qirg‘iziston parlamenti mamlakatda qimor o‘yinlari faoliyati taqiqlanganidan 10 yil o‘tib, kazinolarni legallashtirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.


Prezident Sadir Japarov qonunni imzoladi. Ularga kirish faqat xorijliklar uchun ochiq bo‘lishi hamda kazinolar esa faqat Issiqko‘l viloyati kurortidagi maxsus ajratilgan hududda ishlay olishi taxmin qilinmoqda.


Rasmiy Bishkek bu orqali mamlakat byudjetini to‘ldirishga umid qilmoqda. Shu bilan birga qirg‘iz jamiyatida qimorxonalarga tashrif buyuruvchilarning sayyohlar bilan cheklanib qolmasligi bo‘yicha xavotirlar bor.


Tashkilotchilarning rejasiga ko‘ra, sayyohlar o‘yin zonasiga charter reyslar orqali olib kelinadi, ularni Issiqko‘l sohilida joylashgan Tamchi xalqaro aeroporti qabul qiladi. Aeroport yaqinida "qimor biznesini yuritish uchun ruxsatnomaga ega yettita mehmonxona va ko‘ngilochar markaz" qurish maqsad qilingan, xorijlik o‘yinchilar esa o‘yin zonasiga vizasiz kelishlari mumkin bo‘ladi.


Qirg‘izistonda 2012 yildan beri kazino faoliyati, 2015 yildan esa bukmeykerlar va lotereyalar faoliyati taqiqlangan. O‘z mol-mulki va jamg‘armalarini isrof qilgan odamlarning yaqinlarining ko‘plab noroziliklaridan so‘ng mamlakat rasmiylari bunday qarorga kelishga majbur bo‘lgandi. Qimor o‘yinlarining ba’zi qurbonlari uy-joysiz ham qolgan.


Qonun loyihasiga qarshilar boshqa davlatlar, jumladan, Rossiya va Qozog‘iston fuqaroligini olgan 600 ming qirg‘izistonlik muhojirlardan ham xavotirda. Ko‘pincha ular dam olish uchun Qirg‘izistonga uchib kelishadi.


Biroq "Qimor o‘yingohlari to‘g‘risida"gi yangi qonun loyihasi mualliflari deputatlar Baktibek Turusbekov va Dastan Jumabekovning ta’kidlashicha, taqiq tufayli mamlakat byudjeti har yili 600 million so‘m (7 million dollarga yaqin), iqtisodiyot esa 11 ming ish o‘rni yo‘qotgan. Ular faqatgina xorijliklar kazinoda o‘ynashi mumkinligi qayd etgan.


"Iqtisodiyotimizning ahvolini ko‘rib turibsiz. Zavodlar qurish uchun ko‘p vaqt ketadi. Bularning barchasini hisobga olib, biz shunday qonun loyihasini taklif qildik, - deya tushuntirgan Turusbekov. -Ma’lumki, Qirg‘izistonga kelayotgan sayyohlarning deyarli 90 foizi Issiqko‘lga boradi. Endilikda ularning pullarini qoldirishga harakat qilishimiz kerak".

 

Yangi prezidentning eski muammolari


Qonun loyihasiga ko‘ra, kazinolardagi ish o‘rinlarining yarmini mahalliy aholi vakillari egallashi kerak. Loyihaga ko‘ra, foydaning 60 yoizi investorlarga, 40 foizi davlatga tegadi.


Sadir Japarov kazinolar davlat byudjetining to‘ldirishiga yordam berishini aytgan.


Loyiha mualliflarining fikricha, yangi daromadlar koronavirus pandemiyasi tufayli iqtisodiyotining barcha tarmoqlari katta zarar ko‘rgan Qirg‘iziston iqtisodiyotiga yordam beradi. 2020 yil yakuniga ko‘ra, mamlakat byudjetida so‘nggi 26 yil ichida kuzatilmagan 8,6 foizlik kamomad shakllandi, davlat qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 68 foizgacha o‘sdi. Jahon banki ma’lumotlariga ko‘ra, aholi daromadlarining kamayishi va ishsizlikning o‘sishi tufayli mamlakat aholisining 31 foizi qashshoqlik chegarasidan pastda yashaydi.


Japarov Qirg‘izistonning iqtisodiy muammolarini hal qilishi kerak. Yanvar oyida u muddatidan oldin prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi va mart boshida referendumda konstitusiyani o‘zgartirib, vakolatlarini kuchaytirdi hamda amalda ijro hokimiyatini o‘z qo‘lida to‘pladi.


Japarov qimor zonasi to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlaydi va hatto mamlakatning barcha hududlarida shunga o‘xshash muassasalar ochishni taklif qilgan.


“Iqtisodiyotning hozirgi ahvolini o‘zingiz ko‘rib turibsiz, biz byudjetni to‘ldirish uchun har qanday yo‘ldan foydalanishga harakat qilmoqdamiz, - dedi prezident mahalliy «Piramida» telekanaliga bergan intervyusida. - Kazino yordami bilan biz bir o‘q bilan ikki quyonni uramiz. Birinchidan, muassasa ochish uchun qimmat lisenziya, masalan "Olti yil oldin u bir yarim million dollar edi. Ikkinchidan, har bir qimor stoli va mashinasi soliqqa tortiladi. Bundan tashqari, lisenziyalar bo‘ladi va ular faqat besh yulduzli mehmonxona ochishi mumkin bo‘lganlarga beriladi.


Japarov, shuningdek, agar Qirg‘iziston aholisi qimor o‘yinlariga kirishga ruxsat bersa, bunday kazinolar egalari lisenziyadan mahrum qilinishiga va’da berdi.


TASS agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, koronavirus pandemiyasidan avval Issiqko‘lga har yili millionga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan.


Hamma yutqazgan


Ammo ba’zi iqtisodchilarning fikricha, kazinolarni qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘proq tahlil va boshqa mamlakatlar tajribasini o‘rganishni talab qiladi. "Krasnodar o‘lkasida qimor o‘yinlaridan byudjetga tushumning 0,1 foizi to‘g‘ri keladi, lekin, albatta, u bilan bog‘liq tarmoqlar, jumladan, turizm ham bor, - deydi iqtisodchi Junus Ganiyev, - Ammo Issiqko‘lda mavsum atigi uch oy davom etadi. Yilning boshqa vaqtlarida bu muassasalar nima qiladi? Sektor jinoyatchilik darajasiga qanday ta’sir qiladi? ”


Bundan tashqari, qimor biznesining o‘tmishdagi tajribasiga asoslanib, ba’zilar mahalliy aholi uchun kazinolarni taqiqlash ish berishiga ishonmaydi. 2012 yilda qimor o‘yinlarini taqiqlash to‘g‘risidagi qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biri, deputat Baxit Jetigenov hali ham kazinoga qarshi.


“Bunday tashabbus ortida juda badavlat odamlar turibdi, qonun loyihasini taklif qilganlar esa ularning qo‘g‘irchoqlari, - deya ishontirmoqda Jetigenov. — Lekin fuqarolarimizni kiritmaslikka kafolat yo‘q. Unda Issiqko‘lga ham afyun ekaylik, u yerda kanop yaxshi o‘sadi. Keling, ko‘limizni shunday hududga aylantiraylik. Menimcha, bunday tashabbuslar hech kimga foyda keltirmaydi”.
Uyinlariga qaramlik, shuningdek, ludomaniya nomi bilan ham tanilgan, ko‘plab davlatlarda, shu jumladan, AQSHda ruhiy kasallik sifatida tasniflanadi. Amerika Psixiatriya Assosiasiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu mamlakatning katta yoshli aholisining o‘rtacha 2-3 foizi undan aziyat chekadi.


“Sezim” inqiroz markazi direktori Bibisora Risqulova 2012-2015 yillarda qimor o‘yinlari qurbonlari unga tez-tez murojaat qilgani haqida gapirdi.


“Qirg‘iziston amalda Las-Vegasga aylanganda, bizning inqiroz markazimizga murojaat qilganlar soni sezilarli darajada oshdi. Ko‘pincha ajralishlarga kazinolar sabab bo‘ladi. Yagona uyidan, o‘z xotinidan ayrilganlar ham bo‘lgan. Giyohvandlik, ichkilikbozlik va qimor o‘yinlari deyarli davolab bo‘lmas kasalliklardir. Hozirda ham yashirin kazinolar o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Mavjudlarini yopa olmasak, nega Issiqko‘lda yangilarini ochishimiz kerak?”, — deydi Risqulova.

 

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston kazinolarni qonuniylashtirmoqchi | Zamon.uz