Ronaldu “Manchester Yunayted”dan ketish istagida
Hozirda futbolchi o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.

Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etishi mumkin. Klub rahbariyati futbolchining oilaviy sabablarga ko‘ra o‘yinlarda qatnashmasligiga ruxsat bergan.
Ayni paytda “Independent” yulduz hujumchining klubni tark etish istagi va faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa izlayotgani haqida xabar bermoqda.
Futbolchi “Chelsi”, “Bavariya” va “PSJ”ni asosiy nomzod sifatida ko‘rmoqda. Shu bilan birga, Ronaldu “Roma”ga potensial transferdan bosh tortdi, chunki u jamoani sovrinlar uchun kurasha olmaydi, deb hisoblaydi.








