Ukrainada qancha tinch aholi vakillari halok bo‘ldi?
BMT bu bo‘yicha maʼlumot berdi.

24 fevraldan buyon Ukrainadagi harbiy harakatlar oqibatida 4899 tinch aholi vakillari halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissarligi maʼlum qildi.
Qurbonlarning 335 nafarini bolalar tashkil etadi. Ularning aksariyati artilleriya va raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lgan. BMT, shuningdek, taqiqlangan kasseta bombalari tashlanganini ham taxmin qilgan.
Shu bilan birga tinch aholi orasida qurbonlar soni yana-da yuqori bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. Tashkilot nizo tomonlarining odamlardan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani va harbiy obyektlarni fuqarolik inshootlari yonida joylashtirilayotganidan xavotir bildirgan.
Avvalroq Ukrainalik harbiylar Buyuk Britaniyada maxsus tayyorgarlikdan o‘tishi to‘g‘risida xabar qilingandi.







