Abdulaziz Komilov Guterrish bilan uchrashdi
Tomonlar mintaqadagi dolzarb masalalarni muhokama qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Abdulaziz Komilov BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi maʼlumot berdi.
Muzokara davomida O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlik holati va istiqbollari, shuningdek, mintaqa havfsizligi va barqarorligi masalalari ko‘rib chiqilgan.
Bosh kotib O‘zbekistonning 2022-yil 26-iyul kuni Toshkent shahrida “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi. Mazkur forumda BMTdan yuqori darajadagi vakillar ishtirok etadi.
A.Guterrish O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati va ustuvor yo‘nalishlari haqidagi maʼlumotlarni katta qiziqish bilan tingladi.
Tomonlar o‘zaro hamkorlik kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar







