Afg‘oniston Vashingtonning asosiy hamkorlari safini tark etadi
U 2012 yildan beri shu maqomda edi.

Jozef Bayden Afg‘onistonni AQSHning NATOdan tashqaridagi asosiy hamkori maqomidan mahrum qilmoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident bu haqda Kongressni boxabar qilgan.
"Men Afg‘onistonning NATOdan tashqaridagi asosiy hamkor sifatidagi maqomini bekor qilishimni maʼlum qilaman", — deyiladi uning AQSH parlamentiga yozgan maktubida.
Vashington 2012 yilda Afg‘onistonga shunday maqom bergandi.
2021 yil avgustida AQSH va uning ittifoqchilari afg‘on zaminini tark etdi. Hokimiyat tepasiga ular uzoq yillar kurash olib borgan "Tolibon" harakati keldi.
Avvalroq Yevroittifoq Afg‘oniston uchun 40 million yevro ajratgandi.







