Aktyor Bred Pitt kam uchraydigan kasallikka chalindi
U tanishlariming yuzini eslay olmayapti.

Gollivud aktyori Bred Pitt bir necha yillardan buyon prosopagnoziyadan aziyat chekayotganini, shu sababli o‘ziga yaxshi tanish bo‘lgan odamlarning yuzlarini taniy olmasligi haqida gapirdi. Uning aytishicha, shu sabab ko‘pchilik uni xudbin va takabbur deb hisoblaydi.
Yulduzning so‘zlariga ko‘ra, u kasallik alomatlarini uzoq vaqt davomida payqagan, garchi rasman tashxis qo‘yilmagan bo‘lsa-da.
"Ko‘pchilik mendan nafratlanadi, chunki ular men ularni hurmat qilmayman deb o‘ylashadi. Men juda ko‘p odamlarni g‘azablantiraman. "Siz xudbinsiz" kabi gaplarni eshitaman. Ammo men ko‘pchilikni eslay olmayman",-deydi aktyor.
Avvalroq Bred Pitt kino olamini tark etishi mumkinligi xabar qilingandi.








