Isroil va Turkiya aviaqatnovlar bo‘yicha kelishuvga erishdi
Shu kunga qadar o‘zaro parvozlarni faqatgina turk aviakompaniyalari amalga oshirib kelgan.

7 iyul kuni Isroil va Turkiya o‘zaro aviatsiya kelishuvni imzolaydi. Isroil hukumati maʼlumotlariga ko‘ra, bu 1951 yildan buyon ushbu yo‘nalishda imzolangan ilk shartnoma bo‘ladi.
Qo‘shimcha qilinishicha, endilikda Isroil aviakompaniyalari Turkiyaga hech qanday cheklovlarsiz ucha oladi. Anqara va Tel-Avivning fuqarolik aviatsiyasi boshqarmalari va ikki davlat transport vazirlarining muzokaralari natijasida yakuniy kelishuvga erishilgan.
Isroil OAV maʼlumotlariga ko‘ra, o‘zaro aviaqatnovlar shu kunga qadar faqat turk aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirib kelingan.
Avvalroq Turkiya Turkmaniston bilan tovar ayirboshlashni 10 milliard dollarga yetkazmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







