JSST favqulodda yig‘ilish o‘tkazmoqchi
U maymunchechak tarqalishining tezlashgani bilan bog‘liq.

JSST dunyoda maymunchechak tarqalishi tezlashgani munosabati bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus maʼlum qildi.
“Meni maymunchechak tarqalishi va uning kengayib borayotganidan xavotirdaman”, – degan u.
Qayd etilishicha, favqulodda yig‘ilish 18 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Hozirga qadar butun dunyo bo‘ylab 6 mingdan ortiq kasallanish holatlari qayd etilgan.
Avvalroq Niderlandiyada bolalar orasida ham maymun chechagi tarqalgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







