KXDRga havo sharida dori-darmon jo‘natildi
Buni Shimoliy Koreyaning sobiq fuqarolari amalga oshirgan.

KXDR qochqinlarining “Shimoliy Koreya ozodligi uchun kurash” tashkiloti tarixiy vataniga havo shari orqali dori-darmon va himoya niqoblari jo‘natdi. Bu haqda tashkilot press-relizida so‘z boradi.
“Bu shu turdagi uchinchi aksiya, bundan avval 5 va 28 iyun kunlari havo shari orqali yordam yuborildi. Bu safar faollar 20 ta shar orqali 70 ming og‘riq qoldirish tabletkalari, 20 ming niqob va 30 ming С vitamini jo‘natildi”, – deyiladi xabarda.
Tashkilot KXDRda koronavirus avj olishiga qarshi shu yo‘l bilan ko‘mak berib kelmoqda.
Avvalroq AQSH KXDR va Xitoyga vaksina yetkazib berishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







