Ozarbayjon va O‘zbekiston neft-gaz yo‘nalishida hamkorlikni kengaytiradi
Endilikda o‘zbekistonlik mutaxassislar Ozarbayjonda malakasini oshirishi mumkin.

Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi — SOCAR “O‘zbekneftgaz” mutaxassislarini qabul qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda “Sputnik Uzbekistan” xabar berdi.
Bundan ko‘zlangan maqsad kadrlar malakasini oshirish ekanligi aytilgan. O‘zbekiston energetika vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda SOCAR vakillari bilan ushbu masala muhokama qilingan. shu bilan birga ozarbayjonlik mutaxassislar ham “O‘zbekneftgaz” komplekslariga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, SOCAR oliy maktabida magistraturada taʼlim olish uchun ikki nafar o‘zbekistonlik xodimlarga stipendiya ajratilishi maʼlum qilingan.
Avvalroq O‘zbekistonda yirik neft koni topilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.







