O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “O‘zkimyosanoat”dagi korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

Prezident yangi loyihalarni faqat xususiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zkimyosanoat”dagi korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-iyul kuni kimyo sanoatida erishilgan asosiy ko‘rsatkichlar va rejalashtirilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

“O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi J. Mirzamahmudov O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 25-oktyabrdagi qarori asosida tarmoq diversifikasiya qilinib, yangi mahsulotlar o‘zlashtirilgani haqida axborot berdi.

 

Natijada oxirgi 3 yilda ishlab chiqarish 1,5 baravar, eksport esa 2 baravar oshgan.  Asosiysi ilgari surunkali zarar bilan ishlagan bu tarmoq 2021-yilni 1,6 trillion so‘m sof foyda bilan yakunlagan.

 

Joriy yilning olti oyida jamiyat korxonalari tomonidan qariyb 7 trillion so‘mlik mahsulot tayyorlanib, ishlab chiqarish 11 foiz o‘sgan. 218 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

 

Yil yakunigacha ishlab chiqarishni 14 trillion so‘m, eksportni 425 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun ikkinchi yarim yillikda 650 ming tonna azotli, 70 ming tonna fosforli va 120 ming tonna kaliyli o‘g‘itlar hamda 80 ming tonna polivinilxlorid ishlab chiqarish mo‘ljallangan.

 

Davlat rahbari tarmoq korxonalari samaradorligini oshirish va ularni transformasiya qilish bo‘yicha tizimli ishlash kerakligini ta’kidladi. Energiyani tejash va mahalliylashtirish orqali tannarxni 6 foizgacha kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Taqdimotda galdagi istiqbolli loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Qayd etilganidek, yil yakuniga qadar 400 million dollar investitsiya o‘zlashtirilib, 9 ta loyiha ishga tushiriladi. Jumladan, “Navoiyazot”da metilsellyuloza, texnik gaz, suyuq mineral o‘g‘itlar, Chirchiq kimyo texnoparkida ko‘pikli polipropilen, organik o‘g‘itlar va polimer mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

 

Prezident yangi loyihalarni faqat xususiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. 5 ta kimyo klasterida kamida 1 milliard dollarlik loyihalar portfelini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

 

Shuningdek, aksiyadorlik jamiyatiga qarashli korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev “O‘zkimyosanoat”dagi korxonalarni xususiylashtirishni jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi | Zamon.uz