Biz hech kimdan uchrashishni so‘ramaymiz — Lavrov
RF tashqi ishlar vaziri AQSH bilan aloqalarning to‘xtab qolishida kim aybdor ekanini aytdi.

Rossiya AQSHdan uchrashuv o‘tkazishni so‘ramaydi. Bu haqda RF tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qildi.
Unga Rossiya va AQSH vakillari “katta yigirmatalik” yoki boshqa platformalarda birga o‘tirishi mumkinmi, degan savol bilan murojaat qilishgan.
“AQSH bilan aloqalarni biz to‘xtatib qo‘ymadik. Biz uchrashuvlar so‘rab hech kimni orqasidan yugurmaymiz. Agar ular gaplashishni istamasa, bu ularning ishi”, – degan diplomat.
Avvalroq ayrim G‘arb davlatlari diplomatlari Lavrov bilan G20 doirasida suratga tushishdan bosh tortgandi.







