Jahon

Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi

Bu bo‘yicha Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi

 

“Neft va gaz sohasida taʼlim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–309-son, 07.07.2022 y.) qabul qilindi.

 

Qaror bilan Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi.

 

Neft va gaz sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini taʼminlash taʼlim klasterining asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

 

Taʼlim klasteri doirasida:

 

maktab o‘quvchilarini ishlab chiqarish korxonalari uchun ustuvor kasblarga yo‘naltirish maqsadida:

  • aniq va tabiiy fanlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv rejasi joriy qilinadi;
  • ishlab chiqarish tashkilotlari tomonidan maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar hamda soha faxriylari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi;

 

professional va oliy taʼlim tashkilotlarining o‘quv jarayonini ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan integratsiya qilish yo‘nalishida:

 

  • fan va mavzular amaliyotga yo‘naltiriladi;
  • talabalarda mustaqil taʼlim olish ko‘nikmalari shakllantiriladi;
  • xorijiy tillarda o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari ulushi oshiriladi.

 

2022/2023 o‘quv yilidan Taʼlim klasteri tarkibiga kiruvchi:

 

  • professional va oliy taʼlim tashkilotlarida neft va gaz sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilar va talabalar uchun ishlab chiqarish korxonalarining stipendiyalari joriy etiladi;
  • ishlab chiqarish korxonalarining kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini “O‘zbekneftgaz” AJning tavsiyanomasi asosida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda, keyinchalik o‘zi ishlab turgan korxonada kamida 3 yil ishlab berish sharti bilan OTMning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida maqsadli o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Neft va gaz sohasidagi taʼlim-ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi | Zamon.uz