O'zbekiston

O‘zbekistonda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Bu bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

O‘zbekistonda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-iyul kuni geologiya sohasidagi natijalar va yil yakunigacha bo‘lgan rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi B. Islomov oxirgi yillarda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi. Jumladan, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida geologik o‘rganish va burg‘ilash ishlari hajmi 1,5 barobargacha oshgani aytildi.

 

Yerosti qazilmalariga soliq stavkalari pasaytirilib, sohada xususiy investorlarga yo‘l ochildi. Konlarni auksion orqali sotish hisobiga, 1 milliard 400 million dollar investisiya kiritish boshlandi.

 

Geologiya fanlari universiteti tashkil etilib, faoliyati eng zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or metodikalar asosida yo‘lga qo‘yildi.

 

Shu yil 19 may kuni bo‘lgan taqdimotda Prezident “Navoiyuran” davlat korxonasini transformasiya qilish, uran zaxirasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Bugun shu borada boshlangan ishlar, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli ko‘rsatkichlar haqida axborot berildi.

 

Unga ko‘ra, texnologik jarayon va moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga o‘tkazish, uran ishlab chiqarish hajmi hamda zaxirasini 2030 yilgacha 2 barobar oshirish rejalashtirilgan.

 

Davlat rahbari bu ishlarni samarali tashkil etish uchun “Navoiyuran”da loyiha ofisi ochish, chet ellik mutaxassislarni jalb qilib, kadrlar malakasini oshirish kerakligini ta’kidladi.

 

Rangli va noyob metalli konlarni o‘zlashtirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada geologik qidiruv maydonlari kengaytirilgan. O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi huzurida “Yangi kon” kompaniyasini tashkil etish ko‘zda tutilgan. Bu kompaniya litiy, alyuminiy, magniy, grafit va boshqa nodir metallarni ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihalari ijrosini tashkillashtiradi.

 

Yer ostidagi qadrli ne’matlardan yana biri – bu suv. So‘nggi yillarda 21 ta tumanda yerosti suvining satxi 20 metrgacha pasayib ketgan. Joylarda ayrimlar buni tushunib yetmay, undan xo‘jasizlarcha foydalanmoqda. 2021 yilning o‘zida 1 ming 200 ta noqonuniy quduq burg‘ilash holati aniqlangan.

 

Shu bois Prezident yerosti suvlaridan oqilona foydalanishni tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ayni maqsadda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi.

 

Shuningdek, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida yerosti suvi zaxirasini oshirish choralari ko‘rilayotgani aytildi.

 

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy qilish, Qashqadaryoda bu bo‘yicha klaster tashkil etishga qaratilgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.

 

– Umuman, geologiya iqtisodiyotning o‘sishiga asosiy turtki beradigan soha. Bu boradagi salohiyatini to‘liq ishga solish kerak, – dedi davlat rahbari.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda yerosti suvlarini samarasiz ishlatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi | Zamon.uz