Zaynilobiddin Nizomiddinov Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Avvalroq u Prezident Administratsiyasi rahbarligidan ozod etilgandi.

Bugun, 8-iyul kuni O‘zbekiston Jamoatchilik tashkilotlari Federatsiyasi Bosh kengashning navbatdagi majlisi o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalar Federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Videoselektor formatida tuzilgan yig‘ilishda Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov bir ovozdan O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga saylangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zaynilobiddin Shaxobbidinovich Nizomiddinov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgani xabar qilingandi.








