Hamidjon Aktamov futbolga qaytmoqda
Mutaxassisga “Buxoro” jamoasidan taklif tushgan.

Navoiyning “Qizilqum” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov yana o‘zbek futboliga qaytmoqda. Bu haqda SPORTS.uz sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Pro-liganing “Buxoro” jamoasi mutaxassisga bosh murabbiylik lavozimini taklif etgan.
“Buxoroliklar o‘z oldiga ulkan maqsadlar qo‘ygan. Jumladan, klub bu mavsum Pro-ligada zafar quchib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni istamoqda. Bu maqsad yo‘lida ular Hamidjon Aktamovga murojaat qilgan”, — deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, tez orada ikki tomon o‘zaro kelishuvga erishishi kutilmoqda.








