Mask Twitter‘ni sotib olmaydi
Kompaniya uning qator talablarini bajarmagan.

Ilon Mask Twitter xarididan voz kechdi. Bu haqda AQSH qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi maʼlum qildi.
Komissiya saytida eʼlon qilingan maktubda aytilishicha, kompaniya tadbirkor oldidagi qator majburiyatlarni bajarmagan. Xususan, soxta akkauntlar haqida aniq axborot taqdim etilmagan.
“Yuqoridagi barcha omillarni hisobga olib, janob Mask X Holdings I, Inc huquqidan foydalanib, kompaniyani qo‘shib olishdan va ko‘rsatib o‘tilgan tranzaksiyalardan voz kechadi”, – deyiladi hujjatda.
Bundan oldin tadbirkor Twitter‘ni sotib olishdan bosh tortsa, 1 milliard dollar tovon puli to‘lashi maʼlum bo‘lgandi. Maskning yuqoridagi qaroridan so‘ng ijtimoiy tarmoqning aksiyalari narxi 6.74 foizga pastlagan.
Avvalroq Ilon Mask bir kunda 17 milliard dollar yo‘qotgandi.







