O'zbekiston

Qur’oni Karimning “Katta Langar” nusxasi qayerda?

Ushbu qo‘lyozma muqaddas kitobning Yer yuzidagi eng moʻtabar nusxalaridan biri hisoblanadi.

Qur’oni Karimning “Katta Langar” nusxasi qayerda?

 

Qur’oni Karimning Yer yuzidagi eng moʻtabar nusxalardan biri “Katta Langar Qur’oni” nomi bilan ataladigan, bugungi kunda sahifalari Sankt-Peterburg, Toshkent va Buxoro shaharlarida, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida saqlanayotgan qo‘lyozmadir.


Mazkur qo‘lyozma matni  sayqallangan hayvon terisi – pergamentga bitilgan. Sahifalarning o‘rtacha o‘lchami 52,5x34,0 sm.ni tashkil etgan. Matnlar arab alifbosining eng qadimiy turlaridan bo‘lgan kufiy-hijoziy xatida bitilgan. Sahifalarning ayrimlari juda yaxshi saqlangan, ba’zilariga, ayniqsa sahifalarning burchaklariga jiddiy zarar yetgan. Qo‘lyozmaning charm muqovasi XIV asrga tegishli. XVII asr o‘rtalarida u qayta ta’mirlangan. Muqova hamda sahifalarni bir-biriga mustahkam biriktirish maqsadida arab tilidagi matnlar bitilgan qog‘ozlar yopishtirilgan. Ushbu matnlarning asosiy qismini biroz dag‘alroq shaklda, nasx va nasta’liq xatida bitilgan Qur’on oyatlari tashkil etadi. 


Qo‘lyozmaning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan qismida Qur’oni Karimning 44 ta surasi oyatlari (shundan 22 tasi to‘liq) o‘rin olgan. Dastxatdagi farqlarga qaraganda, bu qo‘lyozma ikkita kotib tomonidan ko‘chirilgan. Kitob hajmining kattaligini hisobga olsak, uni teng ikkiga bo‘lgan holda ko‘chirishgan deb taxmin qilish mumkin. Keyinchalik matnga qizil siyoh bilan tuzatishlar kiritilgan, o‘chib ketgan so‘zlar ham xuddi shu rangdagi bo‘yoq bilan qayta tiklangan. 


Albatta, bu nodir qo‘lyozma ancha payt mutaxassislar diqqat markazida bo‘lib keldi. 1998 yilda professor Ye.A.Rezvan Sharq qo‘lyozmalari institutida Ye 20 inventar raqami ostida saqlanayotgan mazkur qo‘lyozma haqida xorij matbuotida ingliz tilida “The Qur’an and its World” maqolasini e’lon qildi. Oradan bir necha oy o‘tib, fransuz sharqshunosi Fransua Derosh Sankt-Peterburgga xat yo‘llab, u bilan birga O‘zbekistondagi Katta Langar qishlog‘idan topilgan Qur’on sahifalari fotonusxalarini ham yuboradi. Bu nusxalardagi yozuv turi va uslubi instututda Ye 20 raqami ostida saqlanayotgan qo‘lyozmaniki bilan aynan bir xil edi.


Qo‘lyozmaning bizgacha yetib kelgan eng katta qismi – 81 sahifasi bugungi kunda Rossiya Fanlar akademiyasining Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida saqlanadi. Ushbu kitobni chuqur tadqiq etgan rossiyalik olim, tarix fanlari doktori, professor Yefim Anatolyevich Rezvanning yozilishicha, ushbu qo‘lyozmaning yaratilishi VIII asrning oxirgi choragida, arab grammatikasi qoidalari shakllangan davrga to‘g‘ri keladi. Mashhur sharqshunos, akademik I.Yu.Krachkovskiy yozishicha, bu qo‘lyozma 1936 yilda insttutut tomonidan notanish keksa ayoldan sotib olingan. Keyinchalik Ye.Rezvan ushbu qo‘lyozmaning ayrim sahifalari Katta Langar qishlog‘ida, shuningdek Toshkent va Buxoroda ham saqlanishi haqida xabar topadi.


O‘zbekistonda mazkur qo‘lyozmaning jami 16 sahifasi mavjud bo‘lib, shundan bittasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazida, bittasi O‘zbekiston Musulmonlari idorasida, ikkitasi Buxoro viloyat kutubxonasida, 12 varag‘i Katta Langar qishlog‘ida saqlanadi.


Sharqshunoslik institutida 11604 raqami ostida saqlanayotgan sahifada “Baqara” surasining 26-61 oyatlari ko‘chirilgan. Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, qora saxtiyon jild bilan muqovalangan bu muborak sahifa Buxoro amirligining so‘nggi qozikaloni Muhammad Sharifjon Maxdum Sadri Ziyoning (1862-1932) shaxsiy kutubxonasidan keltirilgan. Mazkur institutda 2460 raqami ostida saqlanayotgan Sadri Ziyo kutubxonasining katalogida mazkur sahifa haqida ma’lumot berilgan bo‘lib, unda sahifaning Uchinchi Xalifa Usmon ibn Affon (r.a.) zamonasida ko‘chirilgan kitobga tegishli ekanini aytiladi. 


Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro viloyat kutubxonasida saqlanayotgan yana ikkita sahifada “Qasas” surasining 35-81 oyatlari bitilgan bo‘lib, dastlab Buxoroda 1860-1885 yillarda hukmronlik qilgan Amir Muzaffarning o‘g‘li, Hashmat taxallusi bilan she’rlar yozgan Muhammad Siddiq (1857-1927)ning kutubxonasida saqlangan. Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog‘ida saqlanayotgan sahifalarning charm muqovasida muqovasozning ismi (Muhammad Nosir) hamda 1255 (1839-1840) sanasi yozilgan. Ushbu sahifalarda “Niso” va “An’om” suralarining parchalari o‘rin olgan. 


Ma’lumotlarga qaraganda, sahifalar uzoq vaqt davomida “Katta Langar shayxlari” deb nom olgan Ishqiya tariqati namoyandalari tomonidan asrab kelingan. O‘tgan asrning saksoninchi yillari boshida O‘zbekistonda diniy va milliy qadriyatlarga qarshi kurash boshlangach, ushbu qo‘lyozmaning ham katta qismi atayin yo‘q qilingan yoki yashirilgan. Tegishli idoralarining ko‘rsatmasiga binoan Katta Langar ziyoratgohidagi tarixiy buyumlar, qadimiy qo‘lyozmalar ham musodara qilindi. Shunda qishloq faollari tomonidan qo‘lyozmaning  12 sahifasi asrab qolingan. Oradan o‘n yil o‘tib, mustaqillik yillarida aynan o‘sha muborak sahifalar yana Katta Langar ziyoratgohiga qaytarildi. 


Qo‘lyozmaning yana bir sahifasi O‘zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanmoqda. Unda “Baqara” surasining 126-144 oyatlari yozilgan. 


Ayni paytda besh joyda saqlanayotgan ushbu sahifalarda oyatlar bir-birini takrorlamasligi, dastxat, xomashyo, xat turi va matnga kiritilgan tuzatishlarning bir xilligi ularning bir paytlar bitta qo‘lyozma tarkibiy qismlari bo‘lganidan dalolat beradi. Taxminlarga ko‘ra, qo‘lyozmaning umumiy hajmi 206 sahifani tashkil etgan. Bugungi kungacha ularning 97 sahifasi yetib kelgan. 


2000 yilning may oyida rossiyalik va gollandiyalik olimlarning izlanishlari natijasida, Groningen (Gollandiya) universiteti Izotop tadqiqotlari markazida mazkur qo‘lyozma pergamentining namunalari zamonaviy texnikalar yordamida radiokarbon tahlilidan o‘tkazildi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, ushbu qo‘lyozma milodiy 775-995 yillar oralig‘ida ko‘chirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa berildi...

 

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"