Rossiya hali jiddiy urush boshlagani yo’q. Hammasi oldinda—Putin
Rossiya Prezidenti G’arb mag’lub bo’layotganini aytdi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning mamlakati Ukrainaga qarshi hali jiddiy urush boshlamaganini aytdi. Bu haqda “Korrespondent” nashri xabar bermoqda.
“Hamma bilishi kerakki, biz umuman olganda, hali jiddiy hech narsa boshlamadik. Shu bilan birga, biz tinchlik muzokaralarini ham rad etmaymiz. Lekin bu qanchalik uzoq davom etsa, bizni rozi qilish shunchalik qiyinroq bo‘ladi”, — dedi Rossiya Prezidenti.
Putin Gʻarbni Ukrainadagi urushni boshlaganlikda aybladi va “jangda allaqachon mag‘lub bo‘lganini” aytdi.
“Ular boshidanoq mag‘lubiyatga uchraganliklarini tushunishlari kerak edi, bu jarayonni endi to‘xtatib bo‘lmaydi”, — dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Gʻarbning Rossiya Federatsiyasiga qarshi oxirigacha kurashish istagi Ukraina xalqi uchun fojiadir. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar Gʻarb umid qilayotgan qiyinchiliklarni keltirib chiqarmasligini bildirgan.








