O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

Tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.

Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Qurbon hayiti – Iyd al-Adho munosabati bilan xorijiy mamlakatlarning davlat va hukumatlari, nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy tuzilmalar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan qutlovlar kelmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Tabriknomalarda O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatda barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan siyosat to‘liq qo‘llab-quvvatlangan, shuningdek, ikki tomonlama do‘stlik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga intilish qat’iy ekani ta’kidlangan.

 

Quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

1) Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;
2) Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an;
3) Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;
4) Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;
5) Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;
6) Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;
7) Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;
8) Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon,
9) O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;
10) Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;
11) Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh,
12) Quvayt Davlati valiahd shahzodasi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh; 
13) Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;
14) Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;
15) Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;
16) Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Bag‘dod Amreyev;
17) Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim;
18) Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;
19) Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

 

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyevga Qurbon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda | Zamon.uz