Hindistonda suv toshqini sabab minglab ziyoratchilar evakuatsiya qilindi
Rasmiylarga ko‘ra, 40 dan ortiq odam bedarak yo‘qolgan.

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir birlashmasi hududidagi Amarnath muqaddas g‘or ibodatxonasi hududidan 15 mingga yaqin hindu ziyoratchilari xavfsiz joyga evakuatsiya qilindi.
NDTV telekanaliga ko‘ra, evakuatsiya operatsiyasida mahalliy garnizon va chegara qo‘shinlari bo‘linmalari harbiy xizmatchilari ishtirok etgan.
Juma kuni kuchli musson yomg‘iridan kelib chiqqan kuchli suv toshqini kamida 15 kishining hayotiga zomin bo‘ldi.
Evakuatsiya qilinganlarning aytishicha, juma kuni suv toshqinlari va ko‘chkilar chodirlar hamda jamoat oshxonalarini bosib, ziyoratchilarning lagerlari loy, toshlarga to‘lib ketgan.
Ayni paytda odamlar vaqtinchalik joylashtirish lagerlariga olib ketilmoqda. Qutqaruv guruhlari bedarak yo‘qolganlarni qidirmoqda.







