O'zbekiston

Jizzaxlik 2 yigit Spark haydovchisini o‘ldirib, avtomashinasini yoqib yubordi

Holat bo‘yicha viloyat IIB ma’lumot berdi.

Jizzaxlik 2 yigit Spark haydovchisini o‘ldirib, avtomashinasini yoqib yubordi

 

Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida 36 yoshli erkakning jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Joriy yilning 4 iyul kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida yashagan fuqaroning jasadi Mirzacho‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan topilgan. Holat yuzasidan tezkor qidiruv ishlari olib borilib, 17 va 18 yoshli ikki yigit gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olingan.

 

Ma’lum qilinishicha, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs Spark avtomashinasida bir nafar yo‘lovchi bilan Toshkent–Zangiota yo‘nalishi bo‘yicha harakatlangan. Shundan so‘ng Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumani hududidan oqib o‘tuvchi PR-8 kanalidan taxminan 35 yoshli erkakning jasadi topilgan.

 

Tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni Paxtakor tumani Do‘stlik mahallasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan va Arnasoy tumani Cho‘lquvar mahallasida yashovchi 2005 yilda tug‘ilgan yigitlar sodir etgani aniqlangan. Ulardan daliliy ashyo sifatida erkaklar bosh va oyoq kiyimlari, marhumga tegishli universal pichoq rasmiylashtirib olingan.

 

Surishtiruvlar davomida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi avtomobillar yuvish shoxobchasida birga ishlagan yigitlar uyiga ketish maqsadadida Toshkent–Jizzax yo‘nalishli taksilari qatnaydagin bekatga kelgani aniqlangan. Shu paytda ular Sparkni to‘xtatib, Jizzax shahriga olib borish uchun 200 ming so‘m taklif qilgan.

 

Yo‘lovchilar Sirdaryo viloyatidan o‘tayotganda SMS-xabarnoma orqali yozishib, haydovchini o‘ldirishga kelishib oladi. Mashina to‘xtagan vaqtda ulardan biri haydovchini bo‘g‘gan, sherigi esa uning qo‘lidan ushlab turgan. Erkakning joni chiqqanidan so‘ng uni orqa o‘rindiqqa yotqizib, mashinani Mirzacho‘l tumani hududiga boshqarib kelishgan va kanalga jasadni tashlab yuborishgan.

 

Shundan so‘ng gumonlanuvchilar tuman dehqon bozoriga kirib, mashina raqamini almashtirish uchun Paxtakor tumani tomon harakatlangan. Biroq ular bu ishni qilolmasligini bilib, mashinani yoqib yuborishgan. Davlat raqami belgilarini esa ko‘mib qo‘yishgan. Mazkur qotillik yuzasidan prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan ish qo‘zg‘atilgan.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Jizzaxlik 2 yigit Spark haydovchisini o‘ldirib, avtomashinasini yoqib yubordi | Zamon.uz