O'zbekiston

Nukusdagi mitingda tinch aholiga o‘q uzilgani aytildi

Mazkur xabarlarga Milliy gvardiya rasmiy izoh berdi.

Nukusdagi mitingda tinch aholiga o‘q uzilgani aytildi

 

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Nukusdagi tartibsizliklar vaqtida o‘qotar qurollardan foydalanilgani aytilgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Milliy gvardiya raddiya bildirib, tarqalgan xabarlar haqiqatga zid ekanini ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, xorijiy davlatlarning birida ayrim ijtimoiy tarmoqlar orqali 1–2 iyul kunlari Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan turli xil yolg‘on ma’lumotlar tarqatilishi davom etmoqda. Xususan, tartibsizliklar sodir bo‘lgan joylarda fuqarolar tomonidan o‘qotar qurollardan otilgan gilzalar topilgani aks etgan videotasvirlar tarqatilgan. Unda “tinch namoyishlar chog‘ida, tinch aholini o‘ldirgan o‘q dorilardan qolgan gilzalar” degan xabar tarqatilgan. Biroq bu videotasvirda hech qanday o‘lganlar ko‘rsatilmagan.

 

Qo‘shimcha qilinishicha, Nukusdagi miting vaqtida faqat olomonni tarqatish va tartibsizliklarni bostirish uchun maxsus vositalar – yorug‘lik, shovqin va tutun ishlatilgan. 


“Aniqlik kiritib o‘tamizki, pirotexnika vositalari bilan to‘ldirilgan patronlarning o‘qlari maxsus 4 o‘qli qo‘shimchali Kalashnikov avtomatdan otiladi. Albatta bunday maxsus vositalarni qo‘llash uchun avtomatga paxtovon o‘qlar joylanadi. Olamonni tarqatish uchun ishlatilgan bu kabi maxsus vositalar qoldiqlarini topib olgan ayrim fuqarolar provokasion ruxdagi videoxabarlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni maqsad qilishgan. Biroq, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining bunday vaziyatlarda qurollardan foydalanishi uchun qonuniy asoslari mavjud”, — deyiladi xabarda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Nukusdagi mitingda tinch aholiga o‘q uzilgani aytildi | Zamon.uz