Rossiyaga qarshi sanksiyalar ish bermadi
Sanksiyalar ruslarni boyitib, fransuzlarga zarar yetkazmoqda.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar samarasiz bo‘ldi, deydi Fransiya Milliy miting siyosiy fraksiyasi rahbari Marin Le Pen.
“Biz neftni Hindistondan sotib olamiz, u esa neftni ruslardan oladi. Sanksiyalar Rossiyani boyitdi, ular Rossiyadan ko‘ra fransuzlarga ko‘proq zarar yetkazmoqda”, — dedi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, inflyatsiyaning o‘sishiga geosiyosiy tusga ega bo‘lgan ushbu sanksiyalar sabab bo‘lmoqda.








