O'zbekiston

Samarqanddagi Zarafshon daryosi o‘zanida 4 gektar yer yonib ketdi

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqanddagi Zarafshon daryosi o‘zanida 4 gektar yer yonib ketdi

 

Avvalroq Samarqand va Pastdarg‘om tumanlarini bir-biriga bog‘lovchi daryo o‘zanida yong‘in chiqqani haqida xabar berilgan edi. Mazkur holat yuzasidan viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati munosabat bildirdi. 

 

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 8 iyul kuni tushdan so‘ng Qoradaryoning Samarqand tumani “Zaxlik” MFY hududidan oqib o‘tuvchi qirg‘oq mintaqasida yovvoyi holda o‘sadigan yulg‘unzor noma’lum shaxslar tomonidan yoqib yuborilgan. Holat tuman FVB yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan tezkor tartibda bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatida o‘rta 4 gektar yer maydonidagi buta va yulg‘unlar yongan.

 

Hozirda Samarqand tumani Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi va tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan holat yuzasidan qonunda belgilangan tartibda surishtiruv va o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqanddagi Zarafshon daryosi o‘zanida 4 gektar yer yonib ketdi | Zamon.uz