Toshkentda 6 oy ichida 3 nafar ona farzandini “Tez yordam” mashinasida dunyoga keltirdi—SSV
Shuningdek, 25 nafar homilador ayol o‘z uyida farzandli bo‘lgan.

Joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida Toshkent shahar “103” xizmatiga tug‘uruq va homiladorlik patologiyalari bo‘yicha jami 21 ming 143 ta chaqiriq kelib tushgan. Shundan 38-40 haftalik homiladorlik davrida bo‘lgan 2342 nafar ayol tug‘uruq uchun murojaat qilgan.
Qolaversa, tez tibbiy yordam xizmati xodimlarining bevosita sa’y-harakati tufayli 25 nafar homilador ayol o‘z uyida farzandli bo‘lgan.
Kutilmaganda boshlangan tug‘uruq va yana boshqa omillar sababli esa 3 nafar ona chaqalog‘ini “Tez yordam” mashinasida dunyoga keltirgan.
“103” brigadalarining tezkor amalga oshirgan tibbiy yordami tufayli ushbu tug‘uruq jarayonlarining barchasi muvaffaqiyatli va hech qanday asoratlarsiz kechgan.








