Kosondagi umumiy ovqatlanish maskanida yong‘in chiqdi
Hodisa oshxonaning kabob tayyorlash uchun mo‘ljallangan ayvonida yuz bergan.

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryo viloyatining Koson tumanidagi to‘yxonalardan birida yong‘in chiqqani aks etgan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Koson tumani FVB hamda tuman gaz idorasi xodimlari tomonidan voqea sodir bo‘lgan joy o‘rganilgan. Ushbu videodagi holat aslida 9-iyul kuni Koson tumani “Mesit” MFY hududida joylashgan fuqaro U .R. ga qarashli umumiy ovqatlanish maskanida sodir bo‘lgan. Oshxonaning kabob tayyorlash uchun mo‘ljallangan ayvonida ochiq olovdan ehtiyosizlik oqibatida yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘in oshxona ishchilari tomonidan o‘chirib olingan. Hodisa oqibatida ayvonga tutash bo‘lgan go‘sht do‘konining tom qismi biroz zararlangan.








