Namanganda ayol o‘zini Farg‘ona kanaliga tashladi
Holat bo‘yicha viloyat FVB ma’lumot berdi.

Bugun, 11 iyul kuni Namangan shahrida o‘zini suvga tashlagan ayol FVB xodimlari tomonidan qutqarib olindi.
Ma’lum bo‘lishicha, soat 16:30 atrofida Namangan shahar Davlatobod tumani “O‘rta Rovuston” MFY xududidan oqib o‘tgan Shimoliy Farg‘ona kanali qirg‘og‘ida shaxsi noma’lum ayol kishi o‘zini suvga tashlamoqchi bo‘lib turganligi haqida IIB 102” qisqa raqamiga murojaat kelib tushgan.
Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan vaqtida ayol o‘zini kanalga tashlagan va qutqaruvchilar tomonidan sog‘-salomat qutqarib olib chiqilgan. Shundan so‘ng ayol tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan.








