Namanganda YPX mashinasi Neksiya bilan to‘qnashdi
Oqibatda transport vositalariga texnik shikast yetgan

Kecha, 11-iyul kuni Namangan viloyatining Davlatobod tumanida ikkita avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, soat 19:00 da Davlatobod tumanida xizmatga jalb etilgan YPX inspektorining Lacetti (davlat raqami 50 787 VSF) avtomashinasi o‘zi bilan bir yo‘nalishda “Gʻalaba” ko‘chasida harakatlanib kelayotgan Neksiya avtomobilining o‘ng yon tomoniga borib urilgan.
Hodisa oqibatida har ikki avtomobil texnik shikastlangan, haydovchi va yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.








